Foto: AP Photo/Bilol Hussein
Livandagi «Hizbulloh» guruhi Isroil aviazarbasi oqibatida halok bo‘lgan Hasan Nasrulloh o‘rniga Naim Qosimni o‘zining yangi rahbari sifatida e’lon qilgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Guruhning agentlik tomonidan iqtibos keltirilgan bayonotida sho‘ro kengashi («Hizbulloh»ning asosiy boshqaruv organi) shayx Naim Qosim yangi bosh kotib etib saylangani ma’lum qilingan. Guruh vakillari «g‘alabaga erishilmagunicha» marhum Hasan Nasrullohning ishini davom ettirishga ont ichishgan.
Naim Qosim 30 yildan ortiq vaqt mobaynida Hasan Nasrullohning o‘rinbosari bo‘lgan.
Hasan Nasrulloh «Hizbulloh»ga 1992 yilda buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2024 yil 27 sentyabr kuni Isroilning Livan poytaxti Bayrutga zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Uning o‘limidan keyin, oktyabr oyi o‘rtalarida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu isroillik harbiylar Nasrullohni, uning vorisini, vorisining vorisini ham o‘ldirganini aytgandi. Isroil mudofaa armiyasi keyinroq Hasan Nasrullohning faqat bir vorisi — amakivachchasi Hoshim Safiuddin o‘ldirilganini xabar qildi. Vorisning vorisi haqida ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan