
Foto: Reuters
Isroil hujumidan keyin Eron harbiy budjetini oshirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters Eron hukumati rasmiy vakili Fotima Muhajeroniy bayonotiga tayanib xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, Isroilning Eron harbiy infratuzilmasiga hujumiga javoban budjetni o‘tgan yilga nisbatan 200 foizga oshirishga qaror qilingan.
Stokgolm tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning harbiy budjeti 2024 yilda 16,4 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 20 foizga ko‘p.
26 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil Eron harbiy obyektlariga zarbalar bergan edi. Isroil mudofaa kuchlari Eron korxonalariga, jumladan, raketa ishlab chiqarish obyektlari va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlariga zarba berganini e’lon qildi.
Hujumdan so‘ng Eron xalqaro hamjamiyatni Yaqin Sharqda urush boshlanishining oldini olish uchun Isroilga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroil armiyasining havo hujumiga javob qaytarishga va’da berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar