Foto: Getty Images
AQSHda respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp chiqindi tashuvchi mashinada sayr qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Siyosatchi shu tariqa amaldagi prezident Jo Baydenning Tramp tarafdorlarini “chiqindi” degan so‘zlariga javob qaytardi. Bayden tegishli bayonotni Nyu Yorkda o‘tkazilgan Trampning saylovoldi mitingida komik Toni Xinchkliffning Puerto-Rikoni “suzib yuruvchi chiqindi oroli” deb atagan so‘zlariga munosabat tariqasida aytgandi. AQSH rahbari Puerto-Riko aholisi “yaxshi, tartibli odamlar” ekanini alohida ta’kidlagan.
"Men ko‘rayotgan yagona chiqindi — bu uning (Trampning) tarafdorlaridir", degan Bayden.
Keyinroq Oq uy prezident Tramp tarafdorlarini emas, aynan komikni nazarda tutganini bildirgan. Tushunmovchilik apostrof belgisi tufayli yuzaga kelgani aytilgan. Bunga javoban Tramp quyidagicha munosabat bergan:
"Baydenning bayonoti chin ma’noda sharmandali. Mening chiqindi tashuvchi mashinam qanday ekan? Bu Kamala va Jo Bayden sharafiga", degan Tramp mashinadan boshini chiqarib.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan