12:21 / 31.10.2024
52

Netanyaxu dron hujumi xavfi tufayli o‘g‘lining to‘yini kechiktirmoqchi

Netanyaxu dron hujumi xavfi tufayli o‘g‘lining to‘yini kechiktirmoqchi
Foto: Vetogate
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu noyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan kenja o‘g‘li Avnerning to‘yini boshqa kunga ko‘chirmoqchi. Bu xavfsizlik sohasidagi tahdidlar, jumladan, dronlar hujumi xavfi bilan bog‘liq, deb yozadi Isroilning Kan 11 telekanali.

Dastlab to‘y 26 noyabr kuni Tel-Aviv shimolidagi tantanali tadbirlarga mo‘ljallangan bog‘da o‘tkazilishi kerak edi. Endilikda Netanyaxu mehmonlarni asossiz xavf ostiga qo‘ymaslik uchun bazmni ko‘chirishni taklif qilgan.

Ta’kidlanishicha, Isroil bosh vaziri uzoq davom etgan ta’tillardan so‘ng yangi sessiyani boshlagan Knesset (parlament) majlislarini boshqa binoga ko‘chirish haqida ham gapirgan. Netanyaxu dronlar hujumi tahdidi sababli ko‘proq xavotirga tushmoqda. Mazkur xavotir sababi ham bejizga emas.

“Hizbulloh” 19 oktyabr kuni Isroil bosh vazirining Kesariyadagi shaxsiy uyiga dron uchirdi. Isroil ommaviy axborot vositalari dron yotoqxona derazasiga zarar yetkazganini ma’lum qildi. Bunga dalil sifatida quyidagi video e’lon qilindi.

“Hizbulloh” uchta dron uchirgan va ularning barchasi Kesariyadagi qarorgohga qaratilgan. Isroil harbiylari ularning ikkitasini urib tushirgan. 22 oktyabr kuni “Hizbulloh” qarorgohga qilingan hujum uchun javobgarlikni rasman o‘z zimmasiga olgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hujum vaqti Netanyaxu va rafiqasi uyda bo‘lmagan.

Netanyaxu qarorgohiga hujum tufayli Eronga va ittifoqchilariga tahdid qilib, “og‘ir tovon to‘lash”lari haqida ogohlantirgan. Hozirda Isroil “Hizbulloh” dronlarini urib tushirish uchun 500 million dollarlik lazer qurilmalariga buyurtma bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu dron hujumi xavfi tufayli o‘g‘lining to‘yini kechiktirmoqchi