Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mamlakat qurolli kuchlarida ofitserlik lavozimlarida xizmat qilishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina Oliy Radasi saytida xabar berildi.
10 oktyabr kuni Ukrainaning oliy qonun chiqaruvchi organi yakuniy o‘qishda qonunni qabul qildi, unga ko‘ra xorijliklar shartnoma asosida harbiy xizmatni nafaqat oddiy va serjant, balki ofitser sifatida ham o‘tashi mumkin.
Gap, xususan, Ukraina QK, Davlat maxsus transport xizmati va Ukraina Milliy gvardiyasi haqida ketyapti.
UQKda ofitserlik lavozimlariga chet elliklarni yollashga ruxsat beruvchi Ukraina qonuni ular «ukrainlarni faolroq tugatishi» uchun zarur, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegram'dagi kanalida.
«Xorijiy qo‘mondonlar ukrainlarni go‘sht qiymalagichlarga tashlab, faolroq tugatishlari uchun. Aks holda, ukrainalik ukrainalikka achinadi va uni o‘limga yubormaydi. Zelenskiyga buning uchun hech kim pul to‘lamaydi», — dedi diplomat. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Senati Ukrainaning qarzidan kechishga qarshi rezolyutsiyani ma’qullamadi
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi