14:00 / 02.11.2024
25

AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuborilishini e’lon qildi

AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuborilishini e’lon qildi
Foto: Reuters
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar, jumladan, qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarni yuborishni buyurdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder ma’lum qildi.

Yaqin Sharqdagi AQSH fuqarolarini himoya qilish, shuningdek, Isroilni himoya qilish, diplomatiya orqali vaziyatni yumshatish bo‘yicha majburiyatimizga muvofiq, Mudofaa vaziri qo‘shimcha ravishda qiruvchi va tanker samolyotlari eskadronini bazalarimizga joylashtirishni buyurdi”, dedi AQSH harbiy vakili.

Rayderning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylarda Yaqin Sharqqa yuboriladigan qo‘shimcha kuchlar u yerdagi harbiy guruhlar o‘rnini egallaydi. Hozirda USS Abraham Lincoln samolyot tashuvchisi boshchiligidagi guruhlar mintaqani tark etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq AQSH ilk bor Isroilga havo hujumidan mudofaa tizimini joylashtirishi xabar berilgandi.

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharq hududida AQSH kuchlarini himoyasini kuchaytirish va Isroil mudofaasiga ko‘maklashish maqsadida THAAD batareyasi hamda qo‘shimcha Patriot batalonlarini joylashtirish to‘g‘risida farmoyish bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuborilishini e’lon qildi