Qozog‘istonda yashovchi 18 yashar qiz dugonasining maslahati bilan Bahraynga ishlab pul topish uchun borgandi. Dugonasi u erda uqalovchilikka ishga joylashtirishga va’da bergandi. Ammo manzilga kelib tushishgach, hujjatlarini tortib olishdi va qo‘shmachilar uni suyuqoyoqlik bilan shug‘ullanishga majburlashdi. Nimayam qilsin? Yonida puli ham, hujjati ham yo‘q. Qiz buyruqlarga itoat etishga majbur edi.
Shu ko‘yi 1 oy davomida qo‘shmachining buyruqlarini bajardi. Nihoyat yaqinda polisiyachilar qizni mehmonxonalarning biridan topib, mahkamaga olib borishdi. Qiz hammasini polisiya xodimlariga tushuntirdi. Polisiyachilar xuddi o‘sha qo‘shmachini qiz vataniga etib olishi uchun chipta sotib olib berishga majbur etishdi va nihoyat u qullik balosidan qutulib vataniga qaytdi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti ma’lum qildi.
O‘zining aytishicha, qo‘shmachini ham polisiyaga topshirishni xohlagan. Ammo yo‘l kiraga pul bergani uchun kechirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari