13:26 / 03.11.2024
29

Martindeyl: Vashington Ukrainada butun dunyoga qarshi kurashmoqda

Martindeyl: Vashington Ukrainada butun dunyoga qarshi kurashmoqda
© RIA Novosti / Vitaliy Belousov
Vashington Ukrainada butun dunyo va o‘z fuqarolariga qarshi kurashmoqda, dedi Rossiya Qurolli kuchlariga yordam bergan amerikalik Daniyel Martindeyl.

Bu (maxsus harbiy operatsiya – tahr.) Vashingtonning butun dunyoga, o‘z fuqarolariga qarshi kurashini davom ettirish masalasi hamdir”, - dedi Martindeyl “Rossiya segodnya” mediaguruhi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga.

Amerikalik Deniyel Martindeyl 2022 yil fevralidan beri Ukraina hududida bo‘lib, u yerdan Rossiya harbiylariga UQK harbiy obyektlari koordinatalarini yuborib turgan.

Yaqinda uni Ugledardan evakuatsiya qilishdi. Bugun Martindeyl Moskvadagi birinchi matbuot anjumanini “Rossiya segodnya” mediaguruhi matbuot markazida o‘tkazdi. Uning hikoyasi:

▪️ Men Ukrainada urush muqarrar ekanligini voqealar boshlanishidan ikki yil oldin anglagan edim.

▪️ Maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng, men telegram orqali rossiyalik harbiylar bilan bog‘landim.

▪️ Amerika pasporti butun Ukraina bo‘ylab cheklovlarsiz sayohat qilishga imkon berdi.

▪️ Ukrainada ko‘zga yaqqol tashalanadigan birinchi narsa — bu Rossiya va ruslarga yaxshi munosabatini yashirish kerakligi. Ko‘pchillik shunday qilishga majbur.

▪️ Kiyevni o‘z aholisining taqdiri qiziqtirmaydi. Ko‘p ukrainaliklar Rossiya armiyasi tomonidan ozod qilinishni kutmoqda.

Rossiya Federatsiyasi xavfsizlik kuchlarining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, xavfsizlik kuchlari 2022 yil 11 fevraldan beri Ukrainada bo‘lgan va ikki yil davomida Rossiya Federatsiyasiga Ukraina harbiy obyektlarining koordinatalarini uzatib kelgan AQSH fuqarosi Daniyel Martindeylni Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi hududdan olib chiqib ketishgan. Ushbu ma’lumotlar Ukraina Qurolli kuchlarining texnikasi va shaxsiy tarkibini yo‘q qilish uchun bir necha marta ishlatilgan.

DXR mudofaa shtabining oktyabr oyi oxirida ma’lum qilishicha, amerikalik Ugledar yo‘nalishidagi Bogoyavlenka qishlog‘iga hujumni tayyorlashda muhim rol o‘ynagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Martindeyl: Vashington Ukrainada butun dunyoga qarshi kurashmoqda