18:12 / 03.11.2024
24

Isroil harbiylari “Hizbulloh” dengiz qo‘mondonini o‘g‘irlab ketdi (video)

Isroil harbiylari “Hizbulloh” dengiz qo‘mondonini o‘g‘irlab ketdi (video)
Foto: The Times of Israel
Isroil harbiylari “Hizbulloh” harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Imod Amhazni asir oldi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Al-Hadath telekanaliga ko‘ra, qo‘mondon 1 noyabrga o‘tar kechasi Bayrutdan 55 kilometr shimolda katerda o‘g‘irlab ketilgan. Operatsiyada Isroilning 25 nafar askari ishtirok etgani aytilmoqda. Reyd Isroilning Livan bilan dengiz chegarasidan taxminan 140 kilometr shimolda amalga oshirilgan.

Isroil maxsus dengiz kuchlari Livan shimolida o‘tkazilgan tungi operatsiyada “Hizbulloh” harbiy-dengiz kuchlarining yuqori lavozimli a’zosi Imad Amhazni qo‘lga olindi, degan isroillik jurnalist Barak Ravid.

Ta’kidlanishicha, qo‘mondon “Hizbulloh” guruhining harbiy-dengiz operatsiyalari haqida ma’lumot olish uchun ushlangan. Ayni paytda Livan xavfsizlik kuchlari mamlakatning shimoliy qirg‘og‘ida odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq hodisani o‘rganmoqda.

Livan bosh vaziri Najib Mikati Isroil maxsus kuchlari tomonidan Batrun shahrida Livan fuqarosi o‘g‘irlanganini zudlik bilan tekshirishni talab qildi. U Livan tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Abdulla Xabibni bu borada BMT Xavfsizlik kengashiga shikoyat tayyorlashga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil harbiylari “Hizbulloh” dengiz qo‘mondonini o‘g‘irlab ketdi (video)