Foto: Reuters
Chexiya prezidenti Petr Pavel 60 nafar fuqaroga Ukraina armiyasi safida jang qilishga ruxsat berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Filipp Platoshga tayanib, “Chexiya radiosi” xabar berdi.
Ukraina tomonida jang qilishga ruxsat so‘rab Chexiya fuqarolaridan jami 181 ta ariza kelib tushgan. Jangovar harakatlarga qonuniy ravishda qo‘shilish uchun fuqarolar prezidentning ruxsatini olishi kerak. Bunday ruxsatnomasiz Ukraina tomonidan jang qilayotgan fuqarolar Chexiyaga qaytgach afv etish to‘g‘risida ariza berishi mumkin. Shunda ularga nisbatan jinoiy ta’qib to‘xtatiladi yoki boshlanmaydi. Hujjatni Chexiya bosh vaziri ham imzolashi kerak bo‘ladi.
Misol uchun, 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 1 dekabrga qadar 553 ta ariza, shu jumladan, to‘rt nafar ayoldan kelib tushgan. Ularni Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi, keyin esa prezidentlar: avval Milosh Zeman, keyin esa uning o‘rnini egallagan Pyotr Pavel ko‘rib chiqqan. O‘shanda 151 ta ariza ma’qullangan.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangan dastlabki kunlarda prezident Vladimir Zelenskiy xorijdan ko‘ngillilarni jalb qilish uchun xalqaro mudofaa legioni tashkil etilishini aytgandi.
2024 yilning mart oyida The New York Times gazetasi legionda avvalroq Ukraina hukumati xabar bergan 20 ming emas, balki 1,5 ming kishi borligi haqida yozdi. Iyul oyida Fransiyaning RTL teleradiokompaniyasi legionga kiruvchi chet elliklar Ukraina Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolashi, ularga oyiga taxminan 500 yevro yoki 3 ming yevro to‘lanishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?