Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Eronni Isroilga qarshi yangi hujum qilishdan ogohlantirdi. Aks holda Qo‘shma Shtatlar Isroilning javob zarbasini to‘xtatishga qodirmasligi ma’lum qilindi. Bu haqda manbalarga tayanib, Axios xabar berdi.
"Biz Isroilni to‘xtatib qola olmaymiz va Isroilning keyingi hujumi avvalgisi kabi aniq va maqsadli bo‘lishiga ishonch hosil qila olmaymiz", degan AQSH mulozimi.
U tegishli xabar Vashingtondan Shveysariya orqali Tehronga yetkazilganini aytdi. Agar zarbalar Iroq hududidan amalga oshirilsa, Isroil ham javob hujumi uyushtirishi mumkin.
Hammasi hujumning qanchalik ommaviy bo‘lishiga va uning natijalariga bog‘liq bo‘ladi, dedi Axios'ga Isroil rasmiylaridan biri.
Ta’kidlanishicha, 26 oktyabr kungi Isroilning Eronga hujumi AQSH bilan bir necha haftalik maslahatlashuvlar va zarbalar maqsadi muhokamalaridan so‘ng sodir bo‘ldi.
Isroilning Eronga hujumi
26 oktyabr kechasi yahudiy davlati armiyasi Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumi uyushtirdi. Raketa ishlab chiqarish zavodlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari nishonga olindi. Eron tomoni hujum qaytarilgani, biroq “cheklangan zarar” yetkazilganini bildirdi. Ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Hujum munosabati bilan Eron Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi.
AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eron “xato” qilmasligiga va vaziyatni yanada keskinlashtirmasligiga umid bildirdi hamda Isroil zarbalari o‘zaro hujumlarga chek qo‘yganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?