20:57 / 04.11.2024
18

Oq uy va Harris qarorgohi yaqinida yangi xavfsizlik tuzilmalari o‘rnatildi

Oq uy va Harris qarorgohi yaqinida yangi xavfsizlik tuzilmalari o‘rnatildi
Foto: ABC News
Oq uy hamda AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris qarorgohi, shuningdek, boshqa bir qator muassasalar atrofida yangi xavfsizlik tuzilmalari o‘rnatildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

3 noyabr kuni federal va okrug rasmiylari prezidentlik saylovlaridan keyin Vashingtonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda Oq uy, AQSH Kongressi va vitse-prezident Kamala Harris qarorgohi yangi xavfsizlik panjaralari bilan o‘ralgan”, deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, Maxfiy xizmat G‘aznachilik departamenti nomidagi Oq uy majmuasi va Lafayette maydonining qo‘shni qismlari atrofida, shuningdek, dengiz observatoriyasi va Harris qarorgohi hududidan tashqarida yangi baland metall to‘siqlar o‘rnatgan.

Vashingtondan tashqari Florida shtatida prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Tramp saylovoldi partiyasini o‘tkazadigan Vest Palm Bichdagi kongress markazi tashqarisida ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Nashrga ko‘ra, Oq uy yaqinidagi biznes egalari ham xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda, xususan, ishbilarmonlar ehtimoliy tartibsizliklar oldini olish maqsadida shaxsiy qo‘riqlashni oshirib, derazalar va kirish joylariga panjaralar o‘rnatmoqda.

AQSHda prezidentlik saylovlari joriy yilning 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan vitse-prezident Kamala Harris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Tramp ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy va Harris qarorgohi yaqinida yangi xavfsizlik tuzilmalari o‘rnatildi