06:30 / 05.11.2024
23

Finlyandiyada NATOning yirik artilleriya mashqlari boshlandi

Finlyandiyada NATOning yirik artilleriya mashqlari boshlandi
Foto: “Report.az”
Finlyandiyaning Rovayarvi va Rovaniemi hududlarida Lightning Strike — 24 artilleriya mashg‘ulotlari boshlanadi, bu NATOning Yevropadagi eng yirik artilleriya mashg‘ulotlarining bir qismiga aylanadi.

Rovayarvi Shimoliy Yevropadagi eng yirik o‘quv hududi sifatida ittifoq kuchlariga har tomonlama o‘t ochish mashqlarini o‘tkazish uchun ajoyib sharoitlarni taqdim etadi. Biz bu yil shunday katta ko‘lamdagi mashqlarni o‘tkaza olganimizdan juda mamnunmiz”, dedi Lightning Strike — 24 mashg‘ulotlari direktori polkovnik Janne Makitalo.

Mashg‘ulotlardan asosiy maqsad NATOning shimoliy yo‘nalishdagi mudofaa qobiliyatini namoyish etishdan iborat.

Lightning Strike—24 mashqi AQSH rahbarligida alyansning beshta davlatda o‘tkaziladigan Dynamic Front — 25 operatsiyasining bir qismidir: Finlyandiyadan tashqari, Estoniya, Daniya, Ruminiya va Polshada mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Unda 28 davlatdan 5000 ga yaqin askar va ofitserlar ishtirok etadi.

Finlyandiyadagi mashg‘ulotlarda 3600 ga yaqin harbiy xizmatchilar qatnashadi, ulardan 1250 nafari AQSH, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Estoniya, Daniya va Chexiyadan kelgan askar va ofitserlardir.

Finlyandiyadan mudofaa kuchlari, havo kuchlari va chegara qo‘shinlari vakillari ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiyada NATOning yirik artilleriya mashqlari boshlandi