14:41 / 06.10.2016
6 985

Braziliyada sobiq prezident Lula da Silvaga nisbatan korrupsiya bo‘yicha yangi ish ochildi

Braziliyada sobiq prezident Lula da Silvaga nisbatan korrupsiya bo‘yicha yangi ish ochildi

Braziliya federal polisiyasi mamlakatning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga nisbatan korrupsiya bo‘yicha yangi ish ochdi. Bu haqda Estado de S. Paulo gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezident Odebrecht qurilish kompaniyasiga kredit olish va Angolada foydali shartnomalar tuzishga yordam bergan. Buning evaziga kompaniya rahbariyati Lula da Silvaning birinchi rafiqasining jiyani Tayguara Rodriges dus Santus egalik qilgan firma bilan hamkorlik qila boshlagan.

Sentabr oyida sobiq prezidentga korrupsiya va 3,7 million real (1,1 million dollar) pullarni yuvish ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan edi. Tergovchilar Guaruja kurort shahridagi (San-Paulu shtati) hashamatli uch qavatli kvartiraning haqiqiy sohiblari Lula da Silva va uning rafiqasi Mariza Letisia ekanligi haqidagi xulosaga kelgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada sobiq prezident Lula da Silvaga nisbatan korrupsiya bo‘yicha yangi ish ochildi