Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qirg‘izistonning 58,9 million dollarlik tashqi qarzidan kechdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga tayanib, “Tazabek.kg” xabar berdi.
Prezident Sadir Japarov turkiyalik hamkasbi bilan 5 noyabr kuni ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Qirg‘iziston rahbari mamlakatning Turkiya oldidagi tashqi qarzi hisobdan chiqarilganini aytdi.
“Men prezident Erdo‘g‘onga Qirg‘izistonning Turkiya oldidagi tashqi qarzini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”, dedi Sadir Japarov.
Turkiya “yashil” iqtisodiyot loyihalari evaziga Qirg‘izistonning 58,9 mln dollarlik tashqi qarzidan kechgan. Avvalroq Germaniya “yashil” tashabbuslarni amalga oshirish evaziga 14 million dollarlik tashqi qarzni hisobdan chiqargandi.
2023 yil Japarov mamlakatlarni va xalqaro moliya tashkilotlarini respublikaning qarzidan kechib, u yerda energetika obyektlarini qurishni boshlashga chaqirgandi.
“Qirg‘iziston qarz olgan mamlakatlar va moliyaviy institutlar respublikada energetika obyektlari va GESlar qurilishida ishtirok etsa bo‘lardi. Biz ushbu yashil iqtisodiyot obyektlarining tasmalarini birgalikda kesamiz. Biz Qirg‘izistonda yashil loyihalarni birgalikda amalga oshiramiz, buning evaziga siz tashqi qarzlarimizdan kechasiz”, degan edi u.
Qirg‘iziston Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning davlat qarzi qariyb 6 milliard dollarni tashkil etadi, shundan 4,5 milliard dollari tashqi qarz, 1,5 milliard dollari esa ichki qarzdir. Qirg‘iziston yaqin 11 yil ichida tashqi qarzini to‘liq to‘lash niyatida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"