Foto: Pexels
Qozog‘istonda Skandinaviya davlatlari tajribasidan kelib chiqib ayollar uchun ish vaqti qisqartirilishi mumkin. Deputat Qaraqat Abden mamlakat bosh vaziri Oljas Bektenov nomiga shu kabi taklifni bildirdi.
Abden o‘zining deputatlik so‘rovida so‘nggi yillarda Qozog‘istonda ayollar yetakchiligi sohasida davlat siyosatini takomillashtirishga qaratilgan qator islohotlar o‘tkazilganini qayd etdi.
«So‘nggi yillarda ayol tuman hokimlari soni 8 foizga oshdi, ayollar rahbarlik lavozimlariga yanada dadil va qat’iy o‘ta boshladi. Ammo ko‘rilayotgan ushbu qadamlarga qaramay, bu boradagi o‘zgarishlar sanoqli ko‘rsatkichlarni tashkil etmoqda, bizga tizimli o‘zgarishlar kerak», — deydi Abden.
Deputat o‘z so‘rovida keltirgan statistikaga ko‘ra, 2024 yilda davlat xizmatchilari orasidagi ayollar soni 55,7 foizni tashkil etgan, ammo ularning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi kam — 20,3 foiz. Shu bilan birga, Abden mamlakat mustaqillikka erishgandan beri siyosiy lavozimlarni egallagan ayollar ulushi hech qachon 15 foizdan oshmaganini ta’kidladi.
Deputat hukumatga ayollar yetakchiligini rivojlantirishga xizmat qiladigan qator takliflarni bildirdi. Xususan, Qaraqat Abden pul to‘lanadigan «dekret» ta’tilini ikki yilgacha uzaytirish, shuningdek, Skandinaviya davlatlari tajribasidan kelib chiqib ayollar uchun ish vaqtini qisqartirishni taklif qildi.
«Bu oila institutini mustahkamlashga xizmat qiladi, ayollar farzand tarbiyasiga ko‘proq e’tibor qaratadi», — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"