
Foto: AP
Amerikaning Finiks shahri chekkasida aeroport yaqinida kichik biznes samolyoti avtomobil ustiga qulashi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga tayanib Associated Press xabar berdi.
“Kichik samolyot shahar chetidagi Feniks aeroportidan havoga ko‘tarilganidan so‘ng avtomobil ustiga qulab tushdi, natijada besh kishi halok bo‘ldi”, deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, gap Honda HA-420 yengil biznes-jet samolyoti haqida ketmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida besh kishi bo‘lgan, biroq faqat samolyotdagi yo‘lovchilar halok bo‘lganmi yoki avtomobildagilar orasida ham qurbonlar bo‘lgani haqida xabar berilmagan.
Holat yuzasidan Federal aviatsiya boshqarmasi, Milliy transport xavfsizligi kengashi va Mesa organlari tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qilgan.
Amerikaning FiniksSamolyot AvtomobilKichik BiznesBesh KishiAeroport YaqinidaHalok Bo‘ldi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing