10:50 / 07.11.2024
32

Jo Bayden Ukrainaga so‘nggi 6 milliard dollarni ajratmoqchi

Jo Bayden Ukrainaga so‘nggi 6 milliard dollarni ajratmoqchi
Foto: Getty Images
AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden administratsiyasi respublikachi Donald Tramp Oq uyga qaytishi oldidan Ukrainaga 6 milliard dollardan ortiq so‘nggi yordam paketini yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.

Administratsiyadagi ikki anonim manbaga ko‘ra, bu demokratlarning Ukraina uchun mavjud bo‘lgan yagona varianti. Kiyevga bu yordamni tezkor yuborishdagi to‘siq shundaki, AQSH faqat mavjud asbob-uskuna va texnikalarni jo‘natish imkoniyatiga ega. Yangilarnini ishlab chiqarish esa vaqt talab qiladi. Mavjud o‘q-dorilarni yuborishga Pentagon qarshilik ham qilishi mumkin, sababi bu uning harbiy shayligiga ta’sir qiladi.

Muammolar juda katta. Odatda, yordam paketi e’lon qilinganch, o‘q-dorilar va jihozlarning Ukrainaga yetib borishi uchun bir necha oy vaqt ketadi. Shu sababli, yaqin haftalarda e’lon qilinadigan har qanday yordam to‘liq yetkazib berilishi Tramp ma’muriyati davriga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, yangi saylangan prezident yuklarni manzilga yetib borishidan oldin to‘xtatib qo‘yishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Trampning Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni tanqid qilishi, oxir-oqibat ittifoqchilarni muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan 48 milliard dollarga yaqin foizni Ukrainaga qayta tiklash va qurol-yarog‘ sotib olish uchun kredit sifatida berishga undadi. Bayden ma’muriyati ushbu mablag‘dan Kiyevga taxminan 20 milliard dollar miqdorida kredit ajratishni va’da qilgan, biroq bu va’daning taqdiri, ko‘p narsalar singari, hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Politico nashrining eslatishicha, aprel oyidagi Ukrainaga 61 milliard dollarlik yordam paketidan qolgan mablag‘lar ikki yo‘nalishda taqsimlangan. Jumladan, 4,3 milliard dollar mavjud zaxiralarni to‘ldirishga, 2,1 milliard dollar AQSH mudofaa kompaniyalari bilan shartnomalar bo‘yicha qurol yetkazib berishni moliyalashtirishga.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Trampning AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani fonida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden Ukrainaga so‘nggi 6 milliard dollarni ajratmoqchi