Foto: Anadolu Agency
Isroil armiyasi G‘azo sektori shimolidagi uchta kasalxonaga hujum qildi, bir necha bola jarohat oldi.
G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir Abdulla al-Burshning "Anado‘lu" nashriga aytishicha, Isroil kuchlari "Kamol Advan", "Al-Auda" va Indoneziya kasalxonalarini o‘qqa tutgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum natijasida "Kamol Advan" kasalxonasidagi elektr generatorlari va suv idishlari zarar ko‘rgan va neonatal bo‘limdagi ba’zi bolalar jarohatlangan.
Al-Bursh, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi delegatsiyasi tashrifi chog‘ida shifoxonalar o‘qqa tutilganini ta’kidlab, Isroilning mintaqa sog‘liqni saqlash tizimiga putur yetkazishga urinishlariga e’tibor qaratdi.
"Kamol Advan" kasalxonasi bosh shifokori Hussam Abu Safiye yaralangan bolalardan birining ahvoli og‘ir ekanini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, shifoxonada 120 nafar bemor va yarador bor, ulardan 19 nafari bola va 4 nafari yangi tug‘ilgan chaqaloq.
O‘z navbatida, "Al-Auda" kasalxonasi rahbariyati o‘z bayonotida JSST va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasini tibbiy materiallar va yoqilg‘i yetkazib berishda yordam berishga chaqirdi.
Bayonotda 5 oktyabrdan beri shifoxonaga yoqilg‘i kelmayotgani, ta’minot kamayib borayotgani, tibbiy xizmat ko‘rsatishni davom ettirish uchun zudlik bilan dori-darmon, tibbiy buyumlar, qon, oziq-ovqat va suv zarurligi ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi