Foto: Reuters
Amerikalik milliarder Ilon Maskning boyligi uning Tesla kompaniyasi aksiyalari o‘sishi fonida 26,5 milliard dollarga oshdi, deb yozadi Bloomberg.
Respublikachi Donald Trampning AQSHdagi saylovlardagi g‘alabasidan so‘ng qimmatli qog‘ozlar narxi 15 foizga oshib, har bir aksiya uchun 289 dollarni tashkil qildi.
Ilon Maskning umumiy boyligi 290 milliard dollarga yetdi, u Bloomberg milliarderlar indeksida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Reytingda ikkinchi o‘rinda Amazon asoschisi Jeff Bezos joylashgan, uning boyligi AQSHdagi prezidentlik saylovlari fonida 3 foizga o‘sgan. Oracle bosh direktori Larri Ellison va investor Uorren Baffet ham boyligining o‘sishi bo‘yicha yetakchilar qatoridan joy oldi.
Donald Tramp AQSHdagi prezidentlik saylovlarida katta farq bilan Kamala Harris ustidan g‘alaba qozondi. U yanvar oyida prezidentlikka kirishadi. Ilon Mask uni saylov kampaniyasi davomida faol qo‘llab-quvvatlab, kampaniyani moliyalashtirish uchun 119 million dollar ajratgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi