Foto: Reuters
AQSH senatorlari Marko Rubio va Uilyam Xeygerti, shuningdek, AQSH milliy razvedkasi sobiq direktori vazifasini bajaruvchi Richard Grenell Donald Trampning bo‘lajak ma’muriyatida davlat kotibi lavozimiga nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda Politico gazetasi o‘z manbasiga tayanib yozmoqda.
“Senatorlar Rubio va Xeygerti, shuningdek, Grenel davlat kotibi lavozimiga nomzodlar, senator Tom Koton esa mudofaa vaziri bo‘lishi mumkin”, deb yozadi nashr.
Hozirda AQSH davlat kotibi lavozimida Entoni Blinken faoliyat yuritmoqda. U 2021 yil 26 yanvarda mazkur lavozimni egallagan.
5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan AQSH prezidentligi uchun saylovda Donald Tramp raqibi Kamala Xarris ustidan g‘alaba qozondi.
“Men Amerika xalqiga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Sizlar tomondan qirq yettinchi va qirq beshinchi prezident etib saylanganim favqulodda sharafdir”, dedi Tramp tarafdorlari bilan uchrashuvda.
Shuningdek, u dunyodagi urushlarni to‘xtatmoqchi ekanini ta’kidladi.
“To‘rt yil davomida biz ISHIDga qarshi g‘alabamizdan tashqari hech qanday urushni ko‘rmadik. Biz ISHIDni rekord muddatda tor-mor etdik, ammo boshqa hech qanday urush olib bormadik. Men urush boshlamoqchi emasman, aksincha, ularni to‘xtatmoqchiman”, dedi Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi