06:30 / 08.11.2024
10

Avstraliyadagi plyajdan topilgan sirli sharlar tarkibi ma’lum bo‘ldi

Avstraliyadagi plyajdan topilgan sirli sharlar tarkibi ma’lum bo‘ldi
Foto: ABC News
Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari Sidney sohillarida paydo bo‘lgan sirli qora sharlar tarkibini o‘rgandi. Tahlillar natijasida ushbu sharlar tarkibi neftdan emas, balki sovun, mikroplastik va turli kimyoviy moddalardan iborat ekani ma’lum bo‘ldi.

Sirli sharlar 16 oktyabr kuni Sidneydagi Kudji shahri plyajida paydo bo‘lgan. Avvaliga ushbu sferalar neftning chiqindi va suv bilan ta’siri natijasida shakllangan deya taxmin qilindi. Ammo tadqiqotchilar sharlar tabiiy paydo bo‘lganiga shubha bildirib, ularni o‘rganishni boshladi. Tabiiy fanlar fakulteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan qator tahlillar davomida sharlar tarkibida yuzlab moddalar, jumladan, o‘simlik yog‘i, sovun ko‘pigi, pestitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar borligi aniqlandi.

Radiouglerod tahlil mazkur sharlar zamonaviy (70 foiz) va tabiiy ugleroddan (85 foiz) tarkib topganini ko‘rsatdi. Zamonaviy uglerod manbasi — daraxtlar, oziq-ovqat chiqindilar, bioyoqilg‘i va boshqa materiallar bo‘lib, ular oxirgi o‘n yilliklarda shakllangan. Tabiiy uglerod — neft, ko‘mir va tabiiy gaz.

Professor Uilyam Aleksandr Donaldning ta’kidlashicha, sharlar tarkibidagi kalsiy organik moddalar bilan reaksiyaga kirishib, mustahkam shaklni hosil qilgan. Ular tarkibi jihatdan kanalizatsiya tizimlarida hosil bo‘ladigan yog‘ bo‘laklariga o‘xshaydi. Ta’kidlanishicha, sharlarning paydo bo‘lishiga maishiy va sanoat chiqindilari sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyadagi plyajdan topilgan sirli sharlar tarkibi ma’lum bo‘ldi