Foto: AP
8 noyabr, juma kuni e’lon qilingan Federal davlat statistika xizmati (Rosstat) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada bir qator oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin o‘sishda davom etmoqda. Jumladan, 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha bodring 8,6 foizga, piyoz 6,3 foizga, kartoshka 6,1 foizga, pomidor 5,1 foizga, lavlagi 4,3 foizga qimmatlashdi. Yil boshidan buyon kartoshka narxi 64,14 foizga oshgan.
Boshqa narsalar qatorida, bu tendensiya hosilning qisqarishi bilan izohlanadi. Bu yil o‘tgan yilga nisbatan 15 foiz kam kartoshka yig‘ib olindi. Bunga noqulay ob-havo sharoiti va ekin maydonlarining qisqarishi sabab bo‘lmoqda, deya tushuntirdi mutaxassislar «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida.
Sariyog‘ narxi chorak baravar qimmatladi
Bundan tashqari, bu yil sariyog‘ narxining keskin oshganini ko‘rsatdi. Yil boshidan buyon u 27,47 foizga qimmatlashgan. Ushbu tendensiya fonida Rossiya ushbu mahsulotni «do‘st» mamlakatlardan import qilish bo‘yicha bojlarni vaqtincha bekor etishi mumkin.
Kuzatuvlarning so‘nggi haftasida sut mahsulotlari narxining o‘sishi meva va sabzavotlarnikidan sezilarli darajada past bo‘lgan, deya hisoblab chiqdi Rosstat. 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha sariyog‘ 1,4 foizga, smetana bir foizga, pasterizatsiya qilingan sut 0,9 foizga, sterillangan sut 0,8 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, pishloqlar 0,7 foizga oshgan, tovuq tuxumi va margarin esa 0,6 foizga qimmatlashgan.
Qimmatlashgan mahsulotlar - ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar qatorida
Rossiyada kartoshka, sariyog‘ va tuxum 24 ta ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2025 yilda Rossiya Federatsiyasida oziq-ovqat narxi 20 foizga oshishi mumkin, deb tan oldi eksportchilar va importchilar uyushmasi vitse-prezidenti Artur Leyer. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi