20:42 / 09.11.2024
21

Qatar AQSH bosimi ostida HAMAS yetakchilaridan mamlakatni tark etishni talab qildi

Qatar AQSH bosimi ostida HAMAS yetakchilaridan mamlakatni tark etishni talab qildi
Foto: AFP
Qatar hukumati AQSH bosimi ostida Falastinning HAMAS harakati yetakchilaridan isroillik garovga olinganlarni ozod qilish masalasini muhokama qilishdan bosh tortgani uchun mamlakatni tark etishni talab qildi. Bu haqda Financial Times (FT) xabar berdi.

Guruh rahbarlari garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha takroriy takliflarni rad etganlaridan so‘ng, ular boshqa amerikalik hamkorlarning poytaxtlarida kutib olinmasligi kerak”, deydi AQSHning yuqori martabali rasmiysi.

FT nashrining yozishicha, HAMAS siyosiy rahbariyati va ularning oila a’zolari 2012 yildan beri Dohada istiqomat qiladi. Bu joy muzokaralar uchun qulay deb hisoblangan. Vaziyatdan xabardor manbaning ma’lum qilishicha, harakat vakillari Turkiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Reuters'ga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga hujumidan so‘ng, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar endi HAMAS bilan hech qanday aloqani saqlab qola olmasligini aytgan. Bunga javoban Qatar rasmiylari harakatga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq HAMAS delegatsiyasi Qohirada Misr amaldorlari bilan muzokara olib borgani xabar berilgan edi. Ular G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga aloqador “g‘oya va takliflar”ni muhokama qilgan. HAMAS jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan, biroq Isroil quyidagi shartlarni bajarishi shart:

- o‘t ochishni to‘xtatish majburiyatini olish;
- G‘azo sektoridan chiqib ketish;
- ko‘chirilgan shaxslarning qaytishiga ruxsat berish;
- asirlar almashish bo‘yicha jiddiy kelishuvga rozi bo‘lish;
- G‘azoga gumanitar yordam kirishiga imkon yaratish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar AQSH bosimi ostida HAMAS yetakchilaridan mamlakatni tark etishni talab qildi