21:42 / 11.11.2024
19

Isroil mudofaa vaziri: 'Hizbulloh' allaqachon mag‘lub bo‘lgan

Isroil mudofaa vaziri: 'Hizbulloh' allaqachon mag‘lub bo‘lgan
Foto: RoyNews / Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas
“Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning Isroil armiyasi tomonidan sentyabr oyi oxirida yo‘q qilinishi Isroilning Livan islomchilariga qarshi kurashida “asosiy yutug‘i”ga aylandi, deya Isroilning yangi mudofaa vaziri Isroil Kas ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Germaniya, AQSH, Isroil va bir qator arab davlatlarida terror deb topilgan mazkur tashkilotni mag‘lub bo‘lgan deb hisoblash mumkin.

Bizning vazifamiz bu g‘alabaning mevasini olish uchun bosimni davom ettirishdir”, deydi isroillik vazir. Katsning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Livanning ichki siyosatiga aralashishdan manfaatdor emas.

U o‘z nutqida xalqaro koalitsiya “Hizbulloh”ning sezilarli darajada zaiflashuvidan siyosiy maqsadlarda foydalanishiga va Livan janubiy qo‘shnisi bilan munosabatlarni normallashtirishda boshqa mamlakatlarga qo‘shilishiga umid bildirgan.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi 10 noyabr kuni Isroilning mamlakatning turli hududlarida davom etayotgan havo hujumlari natijasida kamida 38 nafar tinch aholi halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

Shuningdek, kamida 23 kishi, jumladan yetti nafar voyaga yetmaganlar Bayrut shimolida joylashgan Alamat qishlog‘idagi turar-joy binosiga uyushtirilgan Isroil armiyasining havo zarbalari qurboni bo‘lgan.

Isroil harbiylari havo hujumini tasdiqlagan, biroq nishon shahardagi “Hizbulloh”ning qurol-yarog‘ omborlari bo‘lganini, tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida zarbadan oldin havodan razvedka olib borilganini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil mudofaa vaziri: 'Hizbulloh' allaqachon mag‘lub bo‘lgan