22:06 / 12.11.2024
35

O‘zbekiston—Chernogoriya hukumatlararo komissiya tuzilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston—Chernogoriya hukumatlararo komissiya tuzilishi rejalashtirilmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Boku shahrida BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya prezidenti Yakov Milatovich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish uchun hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi yig‘ilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida biznes forumi bilan birgalikda o‘tkazish taklif etildi.

Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha asosiy bitimlar tayyorlanadi, ustuvor yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi. Unda davlat rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev iqlim bo‘yicha sammit doirasida Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel bilan uchrashdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston yetakchisi COP29 sammiti doirasida Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2025 yil yanvar oyida Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston—Chernogoriya hukumatlararo komissiya tuzilishi rejalashtirilmoqda