Bayrut shahri Isroil bombardimonidan keyin.
Foto: YUNISЕF
Livan bosh vaziri Najib Miqotiy mamlakatga Isroil hujumlari oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdorini ma’lum qildi.
«Jahon banki ma’lumotlariga qaraganda, harbiy harakatlardan ko‘rilgan iqtisodiy zarar 8,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Livandagi yuz ming uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘ldi (3,4 milliard dollar), ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va boshqa sektorlar iqtisodiy yo‘qotishi esa 5,1 milliard dollarga yetgan», – degan Livan bosh vaziri.
Najib Miqotiy dunyo davlatlari, xususan, arab va islom olamini Livanga qarshi Tel-Avivning harbiy harakatlarini to‘xtatish, mamlakatni qayta tiklash va qochqinlarga g‘amxo‘rlik borasida yordam ko‘rsatishga undagan.
2023 yil 8 oktyabrdan buyon Isroil armiyasi va Livandagi «Hizbulloh» harakati o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.
O‘tgan bir yil ichida Isroilning Livanga hujumlari oqibatida 3 189 kishi halok bo‘lgan. Ularning 815 nafari ayollar va bolalardir.
Muttasil aviahujumlar oqibatida yuz minglab aholi uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan.
BMT Livandagi vaziyat yuzasidan tashvish bildirib kelmoqda.
Arab davlatlari ligasi Isroildan Livanga hujumlarni to‘xtatish va jabrdiyda aholiga zudlik bilan insonparvarlik ko‘magi ko‘rsatishni talab qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi