
Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp amaldagi davlat rahbari Jo Bayden bilan uchrashish uchun Oq uyga keldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Bayden va Tramp hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish zarurligi haqida kelishib olgan.
“Bu jarayon iloji boricha silliq o‘tadi. Biz talablaringizni qondirish uchun hamma narsani qilishga tayyormiz”, dedi Bayden.
Shuningdek, ular yana boshqa bir qator masalalarni muhokama qildi.
“Siyosat — og‘ir ish. Bu ko‘p hollarda turli to‘polonlarga sabab bo‘ladi. Lekin bu safar unday emas. Men jarayon iloji boricha silliq o‘tishini qadrlayman”, dedi Tramp.
Tramp 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. U XIX asrdan beri to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Oq uyga qaytgan birinchi AQSH prezidenti bo‘ldi.
Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda inauguratsiyadan so‘ng ishga kirishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar