28
Kiyev Buyuk Britaniyada “bo‘lajak bosh vazir va prezidentlarni” tayyorlashni rejalashtirmoqda
Foto: Shutterstock
Ukraina Buyuk Britaniya bilan har yili 5-7 ming ukrainalik talabalarni qirollikda 20 yil ichida yangi turdagi amaldorlar paydo bo‘lishi uchun tayyorlash imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, hozirda Londondagi elchisi Valeriy Zalujniy xabar berdi.
Ukraina diplomatik vakilining qayd etishicha, o‘qishdan qaytgan talabalar biznesga va qonunlar ijrosiga mutlaqo o‘zgacha munosabatda bo‘lgan mutlaqo boshqa amaldorlarga aylanadi.
“Britaniya tomonini ularning sarmoyasi eng kafolatli saqlanishi bizning ta’limimiz, bo‘lajak vazirlarimiz, bosh vazirlarimiz, gubernatorlarimiz, hatto bo‘lajak prezidentning tayyorgarligi bilan bog‘liq ekaniga ishontirishga deyarli muvaffaq bo‘ldik”, dedi Zalujniy.
U, shuningdek, qirollikdagi mudofaa sektori Ukrainadan manfaatdor Britaniya bizneslari uchun birinchi o‘rinda turishini qo‘shimcha qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, britaniyalik parlamentariylar Ukraina hududida qurol ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritilishidagi qonunchilik cheklovlarini olib tashlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. U ushbu masala tez orada hal bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Zalujniy 2021 yildan beri Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lib kelgan va 2024 yilning 8 fevralida lavozimidan ozod etilgan. Mart oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uni Buyuk Britaniyadagi elchi etib tayinlagan edi. Iyul oyida u yangi lavozimda ish boshlagan. Bosh qo‘mondon o‘rnini Aleksandr Sirskiy egalladi.
Avvalroq Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson AQSH Kiyevga harbiy yordamni qisqartirgan taqdirda, Buyuk Britaniya qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Jonsonning ta’kidlashicha, Ukrainaning mag‘lubiyati Rossiyaning boshqa Yevropa davlatlariga, xususan, “Boltiqbo‘yi va Gruziyaga nisbatan tajovuzi” uchun yo‘l ochib beradi.
"Agar Ukraina yiqilsa, chegaralarimiz yonida va Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan butun Yevropa qit’asidagi demokratiyalarda katta tahdidga duch kelamiz", dedi siyosatchi.
U Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning uzoq muddatli moliyaviy afzalliklarini ta’kidlab, yordamdan voz kechish kelajakda Buyuk Britaniya uchun ancha katta xarajatlarga olib kelishini bildirdi. Uning ta’kidlashicha Ukraina mag‘lubiyatga uchrasa, Britaniya o‘z ittifoqchilarini himoya qilish uchun Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga kirishishga majbur bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi