13:00 / 14.11.2024
44

Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi

Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Foto: AFP
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 13 noyabr kuni Isroilga G‘azodagi janglarda “real va doimiy pauzalar” tashkil etish talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Blinkenning ta’kidlashicha, bu gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlash uchun zarur. Davlat kotibi Isroil Bayden ma’muriyatining belgilangan muddatidan oldin vaziyatni yaxshilash uchun bir qancha qadamlar qo‘yganini aytdi. Lekin hali ko‘proq harakat qilish kerakligini ta’kidladi.

"Biz G‘azoning katta hududlarida uzoq muddatli pauzalar, har qanday jangovar harakatlarda tanaffuslar bo‘lishiga erishishimiz kerak, toki insonparvarlik yordami muhtoj odamlarga to‘siqsiz yetib borsin", dedi u.

Siyosatchi Isroil AQSH tomonidan tavsiya etilgan 15 banddan 12 tasini bajarganini aytdi. Davlat kotibi yana uchta muhim masalani hal qilish zarurligini bildirdi.

Ularning birinchisi — jangovar harakatlardagi pauzalarni uzaytirish. Ikkinchisi va uchinchisi tijoriy yuk mashinalarining Falastin hududiga kirishiga ruxsat berish va evakuatsiya buyruqlarini bekor qilish bilan bog‘liq.

"Bundan tashqari, biz vaqti keldi deb hisoblagan jangovar harakatlarni to‘xtatish bilan bir qatorda, taklif qilingan gumanitar choralar to‘liq amalga oshirilishi kerak", deb tushuntirdi u.

Blinken va Netanyaxu uchrashuvi

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu so‘nggi marta 22 oktyabr kuni Eronning Yaqin Sharqdagi harakatlariga qarshi turish haqida muzokara olib bordi. O‘shanda Blinken Isroilni G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berish hajmini oshirish va “yordam butun G‘azodagi tinch aholiga yetib borishini” ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirdi.

O‘z navbatida The Times of Israel gazetasi esa Netanyaxu idorasiga tayanib, boshqacha ma’lumot berdi. Jumladan, muzokaralarda G‘azo sektorida jangovar harakatlar tugagach, uni kim boshqarishi haqida so‘z borgan. Biroq bayonotda sektordagi yangi hokimiyat organlari qanday bo‘lishi mumkinligi tafsilotlari keltirilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi