Reuters
AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan Oq uydagi uchrashuvda «o‘tmishda kelishmovchilik bo‘lgan ikki masala»ni muhokama qildi. Bular – Ukraina va Yaqin Sharqdagi urush. Bu haqda New York Post nashri Trampga tayanib xabar bermoqda.
Donald Tramp suhbat tafsilotlarini ochiqlamagan. Lekin uning so‘zlariga ko‘ra, u Baydendan Ukrainadagi urush haqidagi fikrini so‘ragan va so‘roviga javobni olgan.
«Bundan tashqari, biz Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida ham ko‘p gaplashdik. Men bu masalada qaysi pozitsiyada ekanligimizni so‘radim va uning javoblarini oldim. Jo Bayden juda mehribon», – deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv uzoq davom etgan va bu «har ikki tomon uchun ham manfaatli» bo‘lgan.
Tramp va Bayden o‘rtasidagi uchrashuv oval kabinetda bo‘lib o‘tdi. Amaldagi prezident Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan va u bilan hokimiyatning o‘tishini ham muhokama qilib, bu «silliq» bo‘lishiga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, yangi saylangan prezident Trampning inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan. Shu bilan birga, saylangan prezident o‘zining bo‘lajak ma’muriyatini shakllantirishga allaqachon kirishgan va asosiy lavozimlarga bir nechta tayinlovlarni e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi