Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden birinchi xonim Jill Bayden ba’zida uni koinotga jo‘natish bilan tahdid qilishini tan oldi. Amerika yetakchisining Peru Respublikasi prezidenti Dina Boluarte bilan uchrashuvdagi bayonotlaridan Oq uy matbuot xizmati iqtibos keltirmoqda.
Bayden “Koinotni tadqiq qilishda AQSH-Peru hamkorligi” haqida gapira turib, Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) direktori Bill Nelsonning bu boradagi rolini ta’kidladi.
“Xotinim har safar nazoratdan chiqib ketganimni sezsa, meni kosmosga jo‘natish uchun NASA direktoriga qo‘ng‘iroq qilishini aytib, tahdid qiladi”, dedi Bayden. Uning bu gaplari yig‘ilganlarning kulgisiga sabab bo‘ldi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u NASA rahbari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashidan qo‘rqadi.
Shu bilan birga, Bayden may oyida Peru Respublikasi Amerikaning kosmosdagi xatti-harakatlar normalari bo‘yicha Artemida kelishuvi deb nomlangan takliflariga qo‘shilganini eslatdi.
Amerikaning Oyni tadqiq qilish bo‘yicha “Artemida” dasturi Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar seriyasidir. Mazkur dasturga 1967 yilgi Kosmos bo‘yicha shartnomaning tamoyillari asos qilib olingan.
2020 yil may oyida NASA kelishuvning asosiy qoidalarini e’lon qilgan.
Bayden va Tramp uchrashuvi
AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp amaldagi davlat rahbari Jo Bayden bilan uchrashish uchun Oq uyga keldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Bayden va Tramp hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish zarurligi haqida kelishib olgan.
Shuningdek, ular yana boshqa bir qator masalalarni muhokama qildi.
“Siyosat — og‘ir ish. Bu ko‘p hollarda turli to‘polonlarga sabab bo‘ladi. Lekin bu safar unday emas. Men jarayon iloji boricha silliq o‘tishini qadrlayman”, dedi Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda