20:48 / 16.11.2024
10

Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
Rossiya Davlat Dumasiga «Migrant ID» deb ataluvchi hujjat – chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi, mamlakatda vaqtincha bo‘lish imkonini beruvchi elektron ma’lumot saqlash vositasini joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasi kiritiladi. Tegishli tashabbus bilan «Novie lyudi» fraksiyasi deputatlari va rahbari Aleksey Nechayev chiqdi. Bu haqda «Vedomosti» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, «Migrant ID» veb-saytlardagi shaxsiy kabinetga o‘xshash tarzda ishlaydi va faqat elektron shaklda mavjud bo‘ladi. Mualliflar Rossiya hududiga kirishdan oldin «Migrant ID» rasmiylashtirishni majburiy qilishni taklif etmoqda. Mualliflarning ta’kidlashicha, yuqori malakali mutaxassis bo‘lgan chet el fuqarolari «Migrant ID»ni soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin bo‘ladi.

«Migrant ID» uchun ariza beruvchi vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishda talab qilinadigan ma’lumotlarni, jumladan, sudlanganlik, ma’lumoti, malakasi, tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik va yashash muddati to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, hujjat Rossiyadagi barcha huquqiy operatsiyalar, jumladan, uy-joy ijarasi va xizmatlarni olish uchun majburiy bo‘ladi.

«Novie lyudi» shuningdek, «Migrant ID» hujjati bo‘lmagan migrantlarga barcha to‘lovlarni taqiqlamoqchi. Migrantlar bank hisob raqamini ochishi va uyni ijaraga olish va xorijga pul o‘tkazish bo‘yicha barcha operatsiyalarni tizim yordamida amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Tizimda rasmiy uy-joy ijarasi, ish joyi yoki soliq to‘lovi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lmasa, migrant deportatsiya qilinadi.

Shuningdek, agar qonun kuchga kirsa, Rossiyada bo‘lib turgan barcha migrantlar 30 kun ichida «Migrant ID» olishi kerak bo‘ladi. Aks holda ular deportatsiya qilinadi, deb tushuntirdi «Novie lyudi» fraksiyasi rahbari Aleksey Nechayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin