Foto: Meduza LIVE
Rossiya davlat dumasi deputati Sergey Morozov Yekaterinburgda o‘tkazilgan «Rossiya shaharlari» forumida oliy ma’lumotli kishilarning kurerlik qilishini «vatanparvarlikka zid», deya ta’rifladi.
«Ikki yildirki (talabalar o‘rtasida) so‘rov o‘tkazyapmiz. Kimlardir pitssa va boshqa narsalar tashib yuribdi. Moskvadagi nufuzli universitetlarni tamomlagan yoshlarning 40 foizi mutaxassisligi bo‘icha ishlashni istamayapti! Bu mamlakatga nisbatan vatanparvarlikka zid, boshqacha aytish mumkinmas», — dedi deputat.
«Yagona Rossiya» partiyasi a’zosi boshqa deputatlar bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini «o‘ta muhim» sohalarga biriktirib qo‘yish majburiyati yuklanadigan qonun loyihasi ustida ishlashayotgani haqida ma’lum qildi.
«Migrant servis» agentligi tahlilchilariga ko‘ra, sentyabr oyi boshlarida migrantlarning ommaviy deportatsiya qilinishi fonida kurerlarga to‘lanadigan ish haqi maksimumi 155 ming rublga yetgan. Bu endi ish boshlayotgan IT-mutaxassislar maoshi bilan teng, deb yozgan Forbes. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi