Foto: Twitter / kleavittnh
AQSH prezidentligiga qayta saylangan Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasi matbuot kotibi, 27 yoshli Kerolayn Levittni Oq uy matbuot kotibi lavozimiga tayinladi, deb xabar berdi Associated Press. U AQSH tarixida bu lavozimni egallagan eng yosh xodim bo‘ladi. Ilgari bu rekord 1969 yilda prezident Richard Nikson davrida Oq uy matbuot kotibi bo‘lgan 29 yoshli Ronald Siglerga tegishli edi.
Oq uy matbuot kotibi odatda ma’muriyatning ommaviy yuzi hisoblanadi va an’anaviy ravishda jurnalistlar uchun kundalik brifinglar o‘tkazadi. Tramp o‘zining birinchi muddatida ba’zan shaxsan matbuot kotibi vazifalarini bajarib, bu an’anani buzgan edi. 2017 yildan 2021 yilgacha u to‘rt nafar matbuot kotibini tayinladi.
Kerolayn Levitt Trampning sodiq tarafdori sanaladi, u har doim kamera oldida gapirishga tayyor, deb qayd etdi AP. U tezkor javob beradi va intervyularida respublikachini agressiv himoya qiladi.
2022 yilda Levitt Nyu-Hempshir shtatidan Kongress uchun o‘z nomzodini qo‘ydi va Demokratik partiyaning amaldagi vakili Kris Pappasga yutqazdi. Trampning birinchi muddatida Levitt Oq uy matbuot xizmatida ishladi. Keyin Nyu-Yorkdagi respublikachi deputat Eliz Stefanikning aloqa bo‘yicha direktori bo‘ldi. Keyinroq Tramp Stefanikni BMTdagi AQSH elchisi etib tayinladi.
Trampning birinchi matbuot kotiblari Shon Spayser va Sara Xakabi Sanders jurnalistlar bilan ziddiyatga borgani orqali tanilgan edi. Yana biri Stefani Grishem hech qachon brifing o‘tkazmagan. Uning vorisi Keyli Makinani brifinglarda ommaviy axborot vositalariga tez-tez pand-nasihat qilgani bilan esda qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar