Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya zaxiralar yetishmasligi sababli Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan Storm Shadow raketalarini yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda manbalarga tayanib The Times xabar berdi.
Britaniya Mudofaa vazirligidagi manbalar Storm Shadow yetkazib berish to‘xtatilishini zaxiralarni saqlab qolish niyati bilan bog‘ladi. Mamlakatdagi ayrim mulozimlar Rossiyadagi obyektlarga qo‘llashga ruxsat berilmaguncha uzoq masofaga uchuvchi raketalarni berishni istamaydi. Ular ushbu raketalardan qisqa masofalarda foydalanish unchalik samarali emasligini aytmoqda.
The Guardian gazetasining yozishicha, Buyuk Britaniyada Kir Starmer boshchiligidagi leyboristlar hokimiyat tepasiga kelgach, London va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Ukraina oxirgi marta oktyabr oyida Storm Shadow raketalaridan foydalangani haqida xabar bergan.
“Britaniya AQSH Ukrainaga Rossiya hududi ichkarisiga zarba berish uchun G‘arbning uzoqqa uchadigan raketalaridan foydalanishga ruxsat berishiga umid qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Bu mavzu yaqin kunlarda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida Starmer va AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan muhokama qilinadi. London yaqin orada Kiyevga harbiy dronlar va “Ukraina uchun yangi dengiz imkoniyatlari”dan iborat navbatdagi yordam paketini berishi kutilmoqda.
“Biz operatsion zaxiralar haqida izoh bermaymiz. Shunga qaramay, Buyuk Britaniyaning Ukrainaga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovi qat’iydir. Bosh vazir har doim o‘z hukumatining Ukrainaga qancha kerak bo‘lsa, shuncha yordam berishini aniq aytib kelgan”, deydi Britaniya Mudofaa vazirligini rasmiy vakili.
Storm Shadow — uzoq masofaga uchuvchi va yuqori aniqlikka ega bo‘lgan havo-yer sinfidagi qanotli raketa. Dastlab Buyuk Britaniya va Fransiya hamkorligida ishlab chiqilgan. Uning uchish masofasi 560 kilometrdan oshadi. Bu raketa odatda strategik va yuqori darajada muhofazalangan nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi