6
Erdo‘g‘on: “Ukrainaning Rossiyaga raketa hujumlari mintaqani keng ko‘lamli urush yoqasiga olib keladi”
Foto: Report.az
AQSH tomonidan Ukrainaga Rossiya hududida taktik raketa tizimlaridan foydalanishga ruxsat berilishi to‘g‘ri qaror emas. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G20 sammiti bo‘lib o‘tgan Braziliyadan qaytgach, jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Bayden Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida urushni yanada qo‘zg‘atishga qaratilgan harakat sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan qadamni qo‘ydi. Shu bois barchaga ehtiyot bo‘lishni tavsiya etaman. Ukrainaning Rossiya Federatsiyasiga raketa hujumlari mintaqani va dunyoni katta urush yoqasiga olib keladi. “Bizdan keyin nima bo‘lsa ham mayli” tamoyiliga tayanib ish qilinsa, hech narsaga erishib bo‘lmaydi”, dedi Turkiya prezidenti.
18 noyabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish uchun uzoq masofali ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat berdi.
“Ukrainaga ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat berish Rossiyaning Shimoliy Koreya qo‘shinlarini jangga yuborish haqidagi kutilmagan qaroriga javob bo‘ldi”, deya xabar berdi The New York Post.
Kreml ATACMS raketalaridan Rossiya hududiga zarba berish bo‘yicha Putinning pozitsiyasini eslatdi.
“Vashingtondagi lavozimidan ketayotgan ma’muriyat ’olovga moy sepish’da davom etishi va bu mojaro atrofida keskinlikni yanada kuchaytirish uchun choralar ko‘rish niyatida ekani aniq”, dedi Kreml vakili.
Foto: Getty Images
19 noyabr kuni Rossiya tomonidan qabul qilingan yadro bo‘yicha Yangi doktrinaga ko‘ra, Ukrainaning Rossiyaga qarshi G‘arbning yadrosiz raketalarini qo‘llashi yadroviy javob zarbasiga olib kelishi mumkin.
19 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi.
Foto: Anadolu
“Ukraina Qurolli kuchlari 19 noyabrga o‘tar kechasi Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga oltita uzoq masofali ATACMS raketalari bilan hujum qildi”, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Ukrainaning bu harakatlariga javoban Rossiya keng ko‘lamli raketa zarbalari berishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan AQSH, Ispaniya, Italiya va Gretsiya Kiyevdagi elchixonalarini vaqtincha yopdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi