Foto: Reuters
BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha assotsiatsiyaning o‘n nafar doimiy bo‘lmagan a’zosi tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani ko‘rib chiqdi.
Hujjatni qabul qilish uchun Xavfsizlik kengashining 15 a’zosidan 14 nafari ovoz berdi. Ammo AQSH ketma-ket beshinchi marta rezolyutsiyaga veto qo‘ydi. Yig‘ilishdagi AQSH vakilining tushuntirishicha, Amerika tomoni rezolyutsiyada garovga olinganlarni ozod qilish talabi yo‘qligi sababli uni rad etgan.
“AQSH BMT kengashi yana shunday vaziyatga tushib qolganidan chuqur afsusda. Biz bu natijaga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘p haftalar davomida vijdonan ishladik. O‘t ochishni to‘xtatish garovga olinganlarni ozod qilish bilan birga amalga oshirilmasa, biz bunday rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlay olmaymiz”, dedi Amerika delegatsiyasining uchrashuvdagi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish maqsadlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
“Isroillik asirlar ozod qilinmasdan anklavdagi urushni tugatish 'HAMAS harakati uchun muzokaralar stoliga kelmaslik' va 'xalqaro hamjamiyatni terror qilishda davom etish' uchun xavfli signal bo‘ladi”, dedi u. AQSHning yetti nafar fuqarosi 400 kundan ortiq vaqtdan beri HAMAS tomonidan garovda saqlanmoqda.
Foto: Un.news
Rezolyutsiya loyihasi Jazoir, Ekvador, Gayana, Yaponiya, Malta, Mozambik, Janubiy Koreya, Sloveniya, Serra-Leone va Shveysariya tomonidan tayyorlangan. Qaror matni bir kun avval X ijtimoiy tarmog‘ida isroillik jurnalist Barak Ravid tomonidan e’lon qilingan.
Matnning birinchi bandi zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni va har ikki tomonning garovga olinganlarni (ya’ni, falastinlik mahbuslarni ham) ozod qilishni talab qiladi. Shu bilan birga, rezolyutsiyaning birinchi bandi matni G‘azo sektoridagi garovga olinganlar o‘t ochishni to‘xtatish bilan bir vaqtda ozod etilishini anglatmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?