Foto: AP
Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi, mamlakat Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy 2024 yilda jahon urushi boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u 21 noyabr kuni «Ukrainskaya pravda» tomonidan «UP 100» mukofotini topshirish marosimidagi nutqida gapirib o‘tdi.
«2024 yilda biz uchinchi jahon urushi boshlandi deb aniq ayta olamiz, deb hisoblayman. Chunki 2024 yilda Ukraina qarshisida oldingi Rossiya turmayapti. Ukraina qarshisida Shimoliy Koreya askarlari turibdi. Keling, ochiq gapiramiz. Ukrainada mutlaqo ochiq, hech narsadan uyalmagan holda Eronning «Shahed»lari fuqarolarni o‘ldirmoqda. Ukrainaga aynan Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalar uchirilmoqda va ular bu haqida ochiq gapiryapti. Ukrainada Xitoy snaryadlari portlamoqda, Rossiya raketalarida ham Xitoyga tegishli ehtiyot qismlar qo‘llanyapti», — deydi Zalujniy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab harbiylar yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning barchasi jahon urushi boshlangani va dunyo bunga tayyorlanishi kerakligi haqidagi fikrga qo‘shiladi.
«Uzoq kutilgan voqea, allaqachon, boshlanib bo‘ldi. Ammo aytishim kerakki, Xudoning o‘zi nafaqat Ukrainaga, balki butun dunyoga to‘g‘ri xulosa chiqarishga ulgurish uchun imkoniyat beryapti. Hali ham buni shu yerda, Ukraina hududida to‘xtatish mumkin. Ammo sheriklarimiz negadir buni tushunishni xohlamayapti», — deydi elchi.
Zalujniyning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaning «endi dushmanlari juda ko‘p», biroq mamlakat texnologiyalar hisobiga «omon qolishni davom etadi, ammo mustaqil g‘alaba qozona olishi noma’lum». «Shuning uchun men jahon urushi boshlanganiga ishonaman, xush kelibsan», — deya ta’kidlaydi Zalujniy.
AQSH: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
Shimoliy Koreya askarlari hozirda Rossiya qo‘shinlari bilan birga Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda. 12 noyabr kuni AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel Pxenyan tomonidan Rossiya sharqiga yuborilgan 10 mingdan ortiq qo‘shinning asosiy qismi Kursk oblastiga jo‘natilganini xabar qildi. U yerda Shimoliy Koreya askarlari «Rossiya Qurolli kuchlari bilan birgalikda jangovar harakatlarda qatnasha boshladilar», dedi u.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir hafta oldin Shimoliy Koreya askarlari allaqachon Kursk oblastida Ukraina armiyasiga qarshi jangovar harakatlarda qatnashganini aytgan edi. KXDRning 11 ming askari hozirda Kreml qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Kurskda bo‘lib turibdi va ular orasida «talafot ko‘rganlar ham bor», deb yozgan Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi