50
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Foto: “Sputnik”
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga haqiqiy urush qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishga chaqirdi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qit’alararo ballistik raketa bilan Ukrainaning Dnepr shahriga zarba bergani haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Rossiya armiyasi 21 noyabr kuni ilk bor Dnepr shahriga “Oreshnik” qit’alararo ballistik raketasini uchirdi. Putin bu Ukrainaning Rossiyaga qarshi G‘arb qurollaridan foydalanishiga javob ekanini aytdi.
"Bunday dushman zarbalariga javoban, ularning harbiy obyektlarini tosh ustiga tosh qolmaydigan darajada trotil bilan yo‘q qilish vaqti keldi. Ko‘ryapsizmi, ular G‘arbda issiq va tinch o‘tirishibdi. Qani, haqiqiy urush nimaligini o‘z terilarida his qilishsin", dedi siyosatchi.
Qodirov “urushda o‘z ishtirokini ochiqchasiga tan olishdan qo‘rqayotgan davlatlarning obyektlariga” ham kuchli zarba berishga chaqirdi.
"Oliy bosh qo‘mondon (Putin) to‘g‘ri ta’kidlaganidek, ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning bevosita ishtiroki bo‘lmasa, o‘rta va qisqa masofali raketalardan foydalanish imkonsiz. Ishonchim komilki, bunday javobdan so‘ng darhol muzokaralar haqida shama qila boshlashadi, ammo bu muzokaralar stoliga faqat bitta talab bilan o‘tirish kerak bo‘ladi — Rossiyaning barcha shartlarini muhokama qilmasdan va muruvvat so‘ramasdan so‘zsiz bajarish", dedi u.
Checheniston rahbari G‘arbni hayratga keltirish uchun Rossiyaning uzoqqa uchuvchi qurollarining qudratini ko‘rsatib qo‘yishga chaqirdi.
"Ular Rossiya bilan haqiqiy urushni xohlashgandi-ku? Unday bo‘lsa, to‘ygunlaricha olsinlar! Oliy Bosh qo‘mondonimizni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman!", xulosa qildi Ramzan Qodirov.
Ukrainadagi so‘nggi vaziyat
19 noyabr kuni Ukraina armiyasi Rossiya hududiga AQSHning uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalari bilan zarba berdi. Hujum Bryansk viloyati Karachev shahridagi harbiy obyektga qaratilgan. ATACMSning maksimal uchish masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi.
AQSH prezidenti Jo Bayden 17 noyabr kuni mazkur raketani Rossiya ichkarisiga qo‘llashga ruxsat berdi. Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arb qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat etilishini kutayotgandi. Kreml rahbari Vladimir Putin esa bunday qurollarni Rossiyaga qarshi qo‘llash urushga kirishishni anglatishidan ogohlantirgan.
21 noyabr kuni Rossiya ilk bor Ukrainaning Dnepr shahri bo‘ylab qit’alararo ballistik raketa uchirdi. Hujum Astraxan viloyatidagi poligondan amalga oshirilgan. Qit’alararo ballistik raketa besh ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin, ammo ularning ba’zilari to‘qqiz ming kilometrdan ortiq masofaga mo‘ljallangan.
Dastlab raketa hujumi haqida Ukraina Qurolli kuchlari xabar bergan. Keyinchalik ma’lumotni Rossiya prezidenti tasdiqlagan. Putinga ko‘ra, Rossiya Amerika va Britaniyada ishlab chiqarilgan qurollarning mamlakat hududiga hujumlariga javoban “Oreshnik” raketasidan foydalangan.
Putin Rossiya o‘zini mamlakat hududiga qarata qurol ishlatayotgan davlatlarning harbiy obyektlariga qarshi qurol ishlatishga haqli deb hisoblashini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
"Octagon 66" turnirida 5 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi
Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi