
Foto: guinnessworldrecords.com
Londonda dunyodagi eng baland va eng pakana ikki ayolning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Turkiyalik veb-dizayner hamda hindistonlik aktrisa-bloger bir piyola choy ustida suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Guinness World Records sayti.
Turkiyalik Rumaysa Gelji bugungi kunda sayyoramizdagi eng baland ayol hisoblanadi. 27 yoshli Geljining boʻyi 215,16 santimetrni tashkil etadi. Unga kamdan kam uchraydigan Uiver sindromi tashxisi qoʻyilgan, bu kasallik tananing tez oʻsishi va suyaklar deformatsiyasiga olib keladi.
Rumaysa boshqa rekordlar ham oʻrnatgan: u ayollar orasida eng uzun qoʻllar, eng uzun orqa va eng uzun quloqlar sohibasidir.

Dunyodagi eng past ayol — hindistonlik 30 yoshli Jyoti Amjining boʻyi 62,8 santimetrni tashkil etadi. Unga axondroplaziya, ya'ni suyaklar oʻsishi buzilishi tashxisi qoʻyilgan.
Boʻylaridagi 152,36 santimetrlik farqqa qaramasdan, ayollar tezda doʻstlashib ketishgani ta'kidlanmoqda. Ular hayotiy tajribalar bilan oʻrtoqlashgan. Ayollarning oʻzi moda, pardoz-andoz, tirnoq bezatish va taqinchoqlarga muhabbat kabi koʻplab umumiy qiziqishlari borligini aytishdi.
Eng baland bo‘yli ayol Turkiyalik Rumaysa Gelji Dunyodagi eng past ayol Jyoti Amji Londonda uchrashdi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar