10:52 / 26.11.2024
5

AQSHda Donald Trampga qarshi ikkita jinoiy ish to‘xtatildi

AQSHda Donald Trampga qarshi ikkita jinoiy ish to‘xtatildi
Foto: Reuters
Maxsus prokuror Jek Smit suddan AQSHning g‘alaba qozongan prezidenti Donald Trampga qarshi ishni tugatishni so‘radi. Bu haqda uning o‘zi 25 noyabr, dushanba kuni ma’lum qildi.

Sudya Tanya Chutkan nomiga bergan bayonotida Smit AQSH Konstitutsiyasi sudlanuvchining inauguratsiyasidan oldin ishni tugatishni talab qilishini tushuntirdi. O‘sha kuniyoq Chutkan ishni rasman to‘xtatdi.

Saylov kampaniyasi vaqtida Donald Tramp Oq uyga qaytishi bilanoq Jek Smitni ishdan bo‘shatishini aytdi.

AQSHda Donald Trampga qarshi jinoiy va fuqarolik ishlari

Umuman olganda, Donald Tramp AQSHda to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha ayblangan. 25 noyabr kuni ikkita federal ish yopildi: ular siyosatchining 2020 yilgi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashishga urinishi va maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlash bilan bog‘liq.

Donald Trampga qarshi yana ikkita ish shtat darajasida qo‘zg‘atildi: Nyu-York va Jorjiyada. Birinchisida, sobiq prezident biznes hujjatlarini qalbakilashtirishda ayblanmoqda. Hakamlar hay’ati uni aybdor deb topdi, shundan so‘ng u qaror ustidan shikoyat qildi va sudya ishni to‘xtatdi.

Ikkinchi holatda Tramp 2020 yilda amaldagi prezident Jo Baydenga mag‘lub bo‘lgan Jorjiyadagi prezidentlik saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazishga uringanlikda ayblanmoqda.

Bundan tashqari, Donald Trampga nisbatan ikkita fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan. Ular 1990-yillar oxirida sobiq jurnalist Jin Kerollga nisbatan jinsiy zo‘ravonligi va keyinchalik unga tuhmat qilish bilan bog‘liq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda Donald Trampga qarshi ikkita jinoiy ish to‘xtatildi