Foto: Oq uy matbuot xizmati
AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden kelasi yilning 20 yanvarida prezidentlik muddati boshlanadigan Donald Trampning inauguratsiyasida ishtirok etishini tasdiqladi.
“Prezident saylov g‘olibining inauguratsiyasida ishtirok etishga va’da berdi. U va birinchi xonim bu va’dasini bajaradi”, dedi Oq uy matbuot kotibi Endryu Beys.
Bayden inauguratsiyada ishtirok etish demokratik qadriyatlarga sodiqlik va hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish muhimligini ko‘rsatishini ta’kidlagan.
Tramp 2020 yilgi saylovlarda Baydenning g‘alabasini tan olishdan bosh tortib, uning inauguratsiyada ishtirok etishdan bosh tortgan edi. Shundan so‘ng Tramp Kapitoliyga bostirib kirishda ayblandi.
Bayden 13 noyabr kuni Oq uyda Tramp bilan uchrashuv chog‘ida siyosatchilar hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish zarurligi haqida kelishib olgan. Shuningdek, ular yana boshqa bir qator masalalarni muhokama qildi.
“Siyosat — og‘ir ish. Bu ko‘p hollarda turli to‘polonlarga sabab bo‘ladi. Lekin bu safar unday emas. Men jarayon iloji boricha silliq o‘tishini qadrlayman”, dedi Tramp.
Tramp 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. U XIX asrdan beri to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng Oq uyga qaytgan birinchi AQSH prezidenti bo‘ldi.
Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda inauguratsiyadan so‘ng ishga kirishadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Pentagon AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor eslatdi