06:30 / 27.11.2024
1

G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi

G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi
Foto: BMT veb-sayti
“Yettilik guruhi” (G7 — Group of seven) davlatlari Afg‘onistonga xalqaro hamjamiyatga qayta integratsiyalashuvida yordam berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda G7 TIV rahbarlarining Italiyadagi joriy uchrashuviga tayyorlangan bayonotida aytiladi.

Mamlakatdagi og‘ir va kuchayib borayotgan gumanitar inqirozni hal qilish uchun yordam ko‘rsatishda davom etamiz. Biz Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qolamiz. O‘zi va qo‘shnilari bilan hamjihatlikda yashaydigan, xalqaro hamjamiyatga to‘liq integratsiyalashgan va xalqaro majburiyatlarni bajaradigan Afg‘onistonni yaratish maqsadiga faqatgina BMTning mustaqil baholashiga muvofiq afg‘on ayollarining to‘liq, teng, xavfsiz va mazmunli ishtirokini ta’minlaydigan mamlakat kelajagiga oid inklyuziv va vakillik siyosiy jarayon orqali erishish mumkin”, deyiladi xabarda.

G7 Afg‘onistondagi “Tolibon” harakatining siyosatini tanqid qildi. “Tolibon” Afg‘onistonda 2021 yil yozi oxirida hokimiyatga kelgan edi. U dastlab ayollarga nisbatan shafqatsiz qoidalar va cheklovlarni tiklash niyatida emasligini ma’lum qilgan.

Kobulda ayollar 2023 yil 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan namoyish o‘tkazmoqda
Foto: Getty Images

“Tolibon” bir qator faoliyati uchun hamon BMT sanksiyalari ostida qolmoqda va dunyoning aksariyat davlatlari ularning Afg‘onistondagi kuchini tan olmagan. Yevropa davlatlari mamlakatdagi gumanitar vaziyatdan xavotir bildirgan holda harakat bilan aloqalarni ehtiyotkorlik bilan saqlab qolmoqda.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy qilingan ayrim taqiqlar quyidagilar:
- afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi;
- erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish;
- ayollarning erkak shifokorlarga borishi;
- ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi;
- ayollarning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi;
- oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi;
- ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish;
- ayollarning sotuvchilari bilan savdolashishi taqiqlangan.

Foto: AP Photo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G7 davlatlari Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuviga yordam beradi