21:20 / 27.11.2024
3

2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi

2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi
Foto: dailymoscow.ru
Rossiyaning «Migrant-Servis» platformasi direktori, ishga qabul qilish bo‘yicha ekspert Andrey Kladov so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda bir million migrant Rossiyani tark etgan.

«Chet ellik ishchilarning ketayotgani kundek ravshan. Yanvar-sentyabr oylarida bir millionga yaqin odam mamlakatni tark etdi», dedi Kladov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyadan asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari chiqib ketgan.

Kladov so‘zlariga ko‘ra, hozir har bir migrantga 10 ta bo‘sh ish o‘rni to‘g‘ri keladi, biroq ish haqining oshishi ham xorijliklarni to‘xtata olmayapti. 2024 yil boshida xorijliklar ishlab chiqarishda o‘rtacha 105 ming rubl, yozda esa 150 ming rubl daromad olgan. Ayniqsa, quruvchilar va kuriyerlar uchun ish haqi oshgan.

Noqonuniy migrantlar Rossiya iqtisodiyotiga foyda keltirmaydi, shuning uchun ularning mamlakatdan chiqib ketishi jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Bu haqda Davlat dumasi deputati Svetlana Bessarab ma’lum qildi.

«Hech kim mehnat migratsiyasini taqiqlamadi. Kimdir yurtimizga kelib ishlashni istasa, bunga haqli. Shu tariqa ish beruvchilar oddiy migrantlarni jalb qilishi mumkin. Hozir aniq va shaffof jarayonlar tashkil etildi», dedi deputat.

Bessarabning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyadagi yashirin bozorni noqonuniy migrantlar to‘ldirgan. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltirmaydi, shuningdek, huquq-tartibot va aholi xavfsizligini ta’minlashda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bilan birga, parlamentariy Rossiya mehnat migrantlari uchun yangi talablar kiritilmaganini ta’kidladi. Buning o‘rniga mamlakat mavjud standartlarni kuchaytirdi, dedi Bessarab.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi