Foto: Getty Images
Avstraliya Senati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aksariyat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi CBS News. Endi hujjat mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze tomonidan imzolanishi kerak, u azaldan bu qonunni qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Yangi qonun Avstraliyani o‘smirlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda eng qattiq cheklovlarga ega demokratik mamlakatga aylantiradi.
Qonunga ko‘ra, TikTok, Facebook, Snapchat, Reddit, X va Instagram kabi yirik ijtimoiy tarmoqlar 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkaunt yaratishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ushbu qoidalarga rioya qilmagan kompaniyalar 50 million Avstraliya dollari (33 million AQSH dollari) miqdorigacha jarimaga tortiladi.
Yirik texnologiya kompaniyalari, jumladan, Facebook va Instagram egasi Meta korporatsiyasi qonunning shoshilinch qabul qilinganidan xavotir bildirdi. Meta ushbu talablarni amalga oshirish uchun barcha foydalanuvchilardan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ishni talab qilishini ta’kidladi, bu murakkab va qimmat jarayon bo‘ladi. Bundan tashqari, X egasi Ilon Maskning aytishicha, yangi qonun avstraliyaliklar uchun butun internetga kirishni nazorat qilish usuli bo‘lishi mumkin.
Texnologik gigantlar bilan bir qatorda Avstraliyaning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi va Save the Children fondi kabi mustaqil tashkilotlar qonun o‘smirlar huquqlarini poymol qilishi mumkinligidan xavotirda. Ular taqiqlar o‘rniga ijtimoiy tarmoqlarning platformalar xavfsizligi uchun mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, raqamli savodxonlik va xavfsizlik bo‘yicha ta’limni maktab o‘quv dasturiga kiritishni taklif qilishdi.
Bosh vazir Entoni Albaneze tanqidni rad etib, qonunda YouTube va Google Classroom kabi ta’lim va sog‘liqni saqlash platformalariga kirish uchun istisnolar mavjudligini aytdi. Shuningdek, ma’lumotlar maxfiyligining qat’iy himoyasi ta’minlanishini ta’kidladi. Qarama-qarshiliklarga qaramay, qonun loyihasi aholi orasida keng qo‘llab-quvvatlanmoqda: YouGov so‘roviga ko‘ra, avstraliyaliklarning 77 foizi 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlash joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi