08:45 / 30.11.2024
4

Ukraina va Rossiya halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashdi

Ukraina va Rossiya halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashdi
Foto: Reuters
Ukraina Rossiya bilan navbatdagi almashinuv chog‘ida halok bo‘lgan 502 nafar ukrainalik harbiy jasadini qaytarib oldi. Bu haqda Ukraina harbiy asirlar ishi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab-kvartirasi xabar berdi.

Shtabning aniqlik kiritishicha, gap Donetsk, Zaporoje va Lugansk yo‘nalishlarida halok bo‘lgan ukrainalik askarlarning jasadlari haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, Rossiyadagi o‘likxonalardan 17 nafar jasad Ukraina tomoniga yetkazilgan.

Donetsk viloyatida eng ko‘p ukrainalik himoyachilar jon berdi – 397. Ekspert muassasalari bilan birgalikda halok bo‘lganlarning shaxsi imkon qadar tezroq aniqlanadi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Rossiya almashish doirasida Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan Rossiya armiyasining 52 nafar askarining jasadini qabul qilib oldi. Rossiya tomonidan almashinuv Rossiya Mudofaa vazirligi boshchiligida amalga oshirildi.

Almashilgan jasadlar sonidagi farqni Rossiya armiyasi hozirda faol ilgarilab borayotgani, halok bo‘lgan rus harbiylari esa bosib olingan hududda qolayotgani bilan izohlash mumkin”, deydi ekspertlar.

Foto: “Nastoyasheye vremya”
Oxirgi harbiy jasadlar almashinuvi joriy yilning 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda halok bo‘lgan 563 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi Ukrainaga, 37 nafar rus harbiylarining jasadi esa Rossiyaga qaytarilgan edi. Ikki davlat o‘rtasida urush boshlanganidan buyon Rossiya va Ukraina muntazam ravishda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini almashtiradi. Almashish jarayonida Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (XQXQ) vositachilik qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina va Rossiya halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashdi