Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urushni muzlatishga qarshiligini ta’kidlab, buning oqibatlarini ma’lum qildi.
"Agar biz hozir kuchli Ukrainasiz urushni to‘xtatib qo‘yadigan bo‘lsak, Putin 3-5 yil ichida yana hujum qilishi mumkin. Bunday yana bir hujum halokatli oqibatlarga olib kelishi ehtimoli yuqori", dedi Zelenskiy.
Siyosatchiga ko‘ra, takroriy bosqinchilikning oldini olish uchun g‘alaba rejasi bandlarini bajarib, Ukrainani kuchaytirish zarur. Bu, xususan, yetarli miqdorda uzoq masofali raketalar yetkazib berish va NATOga a’zo bo‘lishga taklif etishni o‘z ichiga oladi.
Zelenskiy Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi uchun variantni taklif etdi. Unga ko‘ra, urush davrida NATOning 5-moddasi Ukrainaga nisbatan tatbiq etilmaydi. Yaqinda Zelenskiy Ukrainaning NATOga a’zoligi Rossiya boshlab yuborgan urushning qizg‘in bosqichini to‘xtatishga yordam berishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, u bosib olingan hududlarni diplomatik yo‘llar bilan qaytarish imkoniyati borligini bildirgan.
Urushni “muzlatish” Ukraina hududlari bosib olinganini tan olishni anglatadi
Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov hech qachon urushni muzlatish ssenariysi ko‘rib chiqilmasligini aytgan. U mazkur qadam Rossiya uchun foyda olib kelishidan ogohlantirgan.
“Bu holda ular g‘alabani nishonlashardi. Bu hech qachon bo‘lmaydi”, deya ta’kidladi Kirill Budanov.
Urushni “muzlatish”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fevral oyida bu bo‘yicha hamkor davlatlari tomonidan hech qanday bosim yo‘qligini ta’kidlagan. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonotlari uning urushni to‘xtatish niyatida emasligidan dalolat berishini aytgan.
Prezident administratsiyasi rahbari Andrey Yermak ham Zelenskiy urushni muzlatishga hech qachon rozi bo‘lmasligini ta’kidlagan. U mamlakatga muzlatilgan mojarolar emas, balki adolatli tinchlik kerakligini qayd etgan.
Manbalarga ko‘ra, AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishgach, Ukrainaga urushni muzlatish va kamida 20 yilga NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishni taklif qilishi mumkin. Mazkur reja rasman tasdiqlanmagan, biroq Trampning maslahatchilarini uni ko‘rib chiqmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?