Foto: CBP Photography
Meksika rossiyalik turistlarning mamlakatga kirishiga ruxsat bermay qo‘ydi — bunga ular noqonuniy ravishda AQSHga o‘tib ketishlari mumkinligi sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi Rossiya turizm sanoati ittifoqi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 ta turoperator mazkur masala bo‘yicha Meksikaning Rossiyadagi elchisi Eduardo Vilegas Megiasga kollektiv murojaat yo‘llagan.
«Afsuski, turlarning pulini to‘lab, mehmonxonalarni band qilib, qaytish chiptalari va boshqa zarur hujjatlar bilan kelgan fuqarolarni Meksikaga kiritmaslik holatlari ko‘paydi», — deydi «Karib klubi» turizm kompaniyasi direktori Lada Popelo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, meksikalik chegarachilar vaucherda ko‘rsatilgan mehmonxonaga shunchaki qo‘ng‘iroq qilib va birinchi duch kelgan odamdan «joy band qilingan yoki qilinmaganini» so‘rashi, ammo u bundan bexabar bo‘lishi yoki turistning familiyasini bilmasligi mumkin, natijada, sayyoh pasport nazoratida uyiga qaytarib yuboriladi.
«Vand» turoperatori bo‘limi boshlig‘i Irina Ovchennikovaning aytishicha, bir necha kun oldin farzandi bilan borgan oila mamlakatga kiritilmagan. «Turistlar Rossiyaga qaytishlari bo‘yicha hatto kafolat xati ham bor edi, ammo bu yordam bermadi», — deydi u.
Shu bilan birga, turistlar mamlakatga kiritilmasa, turoperatorlar chegara xizmatining qarori bo‘yicha javobgar emas.
Joriy yil bahorida Rossiya Turoperatorlar assotsiatsiyasi Turkish Airlines orqali Meksikaga uchgan uch nafar rossiyalik mamlakatga kiritilmagani to‘g‘risida xabar bergandi. Ular hech qachon Amerika, Kanada yoki Angliyada bo‘lmagani tufayli chegaradan o‘tkazilmagan. Keyinroq Turkish Airlines Rossiyadan Meksikaga uchradigan samolyotlari uchun chiptalar sotuvini to‘xtatdi.
Ukrainaga qarshi urush va Rossiyada safarbarlik boshlanganidan keyin Turkiya orqali Meksikaga boruvchilar, u yerdan esa AQSHga o‘tib ketayotganlar soni keskin oshdi. 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil avgustiga qadar Amerika sud tizimiga rus tilida so‘zlashuvchi fuqarolardan 41,6 mingdan ortiq boshpana so‘ralgan murojaat kelib tushgan. 2023 yilning boshidan beri esa bunday so‘rovlar soni 2021 yil bilan taqqoslaganda 1500 foizga oshgan. Urush boshlanishidan oldin RF fuqarolari orasida AQSHdan boshpana so‘rovchilar soni 2,4 mingdan 3,4 ming atrofida bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
Sut va sut mahsulotlari iste’molidan voz kechish nimalarga olib keladi?