Foto: Ura.ru
Filippin prezidenti kichik Ferdinand Markos mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasida Rossiya suvosti kemasi paydo bo‘lishidan xavotir bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “G‘arbiy Filippin dengiziga bostirib kirish katta tashvish uyg‘otadi”. G‘arbiy Filippin dengizi Janubiy Xitoy dengizining Filippinning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga kiritilgan qismini anglatadi.
Harbiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning UFA 490 suvosti kemasi 28 noyabr kuni G‘arbiy Mindoro provinsiyasidan 80 dengiz mili g‘arbda aniqlangan. Filippin dengiz floti vaziyatni kuzatish uchun zudlik bilan maxsus kuchlarini jo‘natgan.
Filippin tomoni suvosti kemasi bilan radio aloqasini o‘rnatganida ekipaj Vladivostokga jo‘nab ketish oldidan ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutayotganini aytgan. Filippin harbiylari xalqaro dengiz qonunchiligiga to‘liq rioya qilgan holda mamlakat suverenitetini himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda davom etishini qayd etgan.
Rossiya suvosti kemasi bilan bog‘liq hodisa Janubiy Xitoy dengizida Manila va Pekin o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda yuz berdi.
Markos ma’muriyati Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi suvlarni nazorat qilish haqidagi da’volariga qarshi chiqishda davom etmoqda. Qo‘shma Shtatlar, o‘z navbatida, Filippin harbiy ittifoqchilarini ushbu strategik muhim mintaqada suverenitetni himoya qilish bo‘yicha operatsiyalarida qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Avvalroq Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Syan AQSHning Typhon o‘rta masofali raketa tizimini Filippindan darhol olib chiqishga chaqirgan edi.
Syan shu tariqa Filippin mazkur raketa tizimini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. U bunga bir necha bor qat’iy norozilik bildirilganini eslatgan. Typhonni “hujum quroli” deb atagan Syan, Filippinning Amerika raketalarini joylashtirishga roziligi bevosita geosiyosiy qarama-qarshilikni keltirib chiqarishi va mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishini ta’kidlagan.
Xitoy rasmiysi bu Filippinning shaxsiy ishi emasligi, chunki bu mintaqaning barcha mamlakatlari xavfsizligiga daxldorligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Halabni egallaganlar kim? Suriyadagi yurishga boshchilik qilayotgan «Hayyat Tahrir ash-Shom» haqida
Germaniyada 17 yoshli bola yirik terakt uyushtirishga urindi
O‘zbekistonda 2 dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xalqaro moliya bozori sharhi